- Matbuot markazi
- Garant bank talabalar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’ruza tashkil etdi
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari Garant bank’ga tashrif buyurib, kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzada ishtirok etdilar.
Bankning Axborot xavfsizligi va firibgarlik holatlarini monitoring qilish boshqarmasi xodimi Sh. M. Madrahimov talabalarga internetda keng tarqalgan firibgarlik usullari, fishing hamda shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalarini himoya qilish yo‘llari haqida so‘zlab berdi.
Ma’ruza davomida talabalar shubhali havolalar va xabarlarni qanday aniqlash, nima uchun SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini hech kimga oshkor qilmaslik kerakligi hamda firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish lozimligini bilib oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning raqamli va moliyaviy savodxonligini oshirish, shaxsiy ma’lumotlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda raqamli muhitda xavfsizlik qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.