Yangilandi: 10-08-2026
-
600 000 000 so‘mgachakredit miqdori
-
от 21.9%danfoiz stavkasi
-
60 oygachakredit muddati
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit ta’rifi | Jismoniy shaxslar uchun ilgari foydalanishda bo‘lmagan avtotransport vositalarini kredit xisobidan xarid qilish, hamda kredit ta’minotini sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotini kredit xisobidan to‘lash bo‘yicha kredit maxsuloti. |
| Mijoz segmenti | 18 yoshdan oshgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari |
| Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali. |
| Kredit miqdori | 600,0 (olti yuz) million so‘mgacha. |
| Kredit muddati (KM) | 60 (oltmish) oygacha; |
| Kreditning imtiyozli davri | 3 oygacha. |
| Kredit maqsadi | Ilgari foydalanishda bo‘lmagan avtotransport vositasini xarid qilish uchun, hamda kredit ta’minotini (garovni) sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotini kredit xisobidan to‘lash. |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m). |
| Kreditni ajratish shakli | Avtotransport uchun - Sotuvchi dillerlar yoki avtosalon hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali. Hamda, Sug‘urta tashkiloti uchun – sug‘urta tashkilotining xisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali. |
| Kreditni rasmiylashtirish uslubi | Kredit faqat Garant bank filiallarida rasmiylashtiriladi (oflayn). |
| Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differentsial shaklida so‘ndiriladi. |
| Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti, hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi. Ta’minot kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda. Bunda kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi kredit ta’minotiga Bankning amaldagi Kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi. Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; • Kredit ajratish sanasiga mijozning muddati o‘tgan kredit qarizdorligi mavjud bo‘lmasligi; • Rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslar uzluksiz 6 oy davomida va yoki so‘nggi 12 oy mobaynida bank hisobvaraqlariga tushgan tushumlariga ega bo‘lishi; • O‘z o‘zini band qilgan shaxslar uchun o‘z o‘zini band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma; • 18 yoshdan oshgan bo‘lishi; • Kredit ajratish sanasiga mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi; • Qarz yuki ko‘rsatkichi yetarli bo‘lishi. |
Kreditingizni hisoblab chiqing
Bizning taklif
Har oylik to‘lov
Foiz stavkasi
Kredit mahsulotidan foydalanish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
1. Ariza va mijozning kredit tavakalchiligini tushuntirilganligi to‘g‘risida ma’lumot (Check-list);
2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport/ID karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);
3. Avtotransport oldi-sotdi shartnomasi
4. Turmush qurgan taqdirda FHDYo ma’lumotnomasi va rozilik arizasi (turmush qurmagan shaxslar uchun davlat xizmatlar markazi tomonidan turmush qurmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma)
5. O‘z o‘zini band qilganlik ma’lumotnomasi
6. Zaruriy holatlarda bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport/ID karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);
3. Avtotransport oldi-sotdi shartnomasi
4. Turmush qurgan taqdirda FHDYo ma’lumotnomasi va rozilik arizasi (turmush qurmagan shaxslar uchun davlat xizmatlar markazi tomonidan turmush qurmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma)
5. O‘z o‘zini band qilganlik ma’lumotnomasi
6. Zaruriy holatlarda bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin