Yangilangan: 20-01-2023

-
100 000 000 so‘mgachakredit miqdori
-
28 % dankredit foiz
-
36 oygachakredit muddati
Taklif qilinayotgan mahsulotning asosiy xususiyatlari | |
Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
Mijoz segmenti | Tadbirkorlik subyektlari |
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. Tashkil topganiga 6 oydan oshgan bo‘lishi; 2. “Garant bank” AJ tizimida asosiy hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; 3. Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi: joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; • sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; • KATM bali 200 balldan yuqori bo’lishi; • “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; • o‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi; • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi ammo, oxirgi 6 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi. 4. Ustav fondi qonunchilikda belgilangan muddatda taʼsischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi (YaTTlar uchun talab etilmaydi); 5. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTTlar uchun talab etilmaydi); 6. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi, ularning manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTTlar uchun talab etilmaydi); 7. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 8. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz mablag‘i bo‘lmasligi. |
Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali |
Kreditning maksimal miqdori | 100 000 000 (bir yuz million) so‘mgacha |
Kredit summasini aniqlash | 1. Mijozning oxirgi 12 oyda “Garant bank” AJda amalga oshirgan pul aylanmasining 50 foizigacha miqdorda; 2. Mijozning oxirgi 12 oyda “Garant bank” AJ hamda boshqa banklarda amalga oshirgan jami pul aylanmasining 25 foizigacha miqdorda (boshqa bankdan yangi o‘tgan mijozlar uchun). |
Kredit muddati | 36 oygacha |
Kreditning imtiyozli davri | Mavjud emas |
Kredit maqsadi | Maqsadlilik tamoyili mavjud emas |
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
Kreditni ajratish shakli | Mijozning “Garant bank” AJ tizimida ochilgan asosiy hisobvarag‘iga pul o‘tkazib berish yo‘li bilan yoki bank kassasidan naqd pulda ajratiladi |
Minimal kredit foiz stavkasi | 12 oygacha – 28 %; 24 oygacha – 29 %; 36 oygacha – 30 %. *Kelgusida Likvidlik va resurslarni boshqarish qo‘mitasi qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin. |
Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1. Sug‘urta polisi; 2. Uchinchi shaxs kafilligi; 3. Qonunchilik hamda bankning ichki tartiblari bilan cheklanmagan boshqa ta’minot turlari ham olinishi mumkin. |
beta-версия