Yangilandi: 03-11-2025
-
Lizing obyekti qiymatidan kelib chiqibkredit miqdori
-
28 %danfoiz stavkasi
-
60 oygachakredit muddati
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Lizing (moliyaviy ijara) | Bank (Lizing beruvchi) lizing oluvchining (bank mijozi) topshirig‘iga sotuvchidan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berishni nazarda tutadi |
| Foydalanish mumkin bo‘lgan lizing shakllari | Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. |
| Mijoz segmenti (lizing oluvchi) | Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
| Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | • joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; • sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; • KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi; • “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; • O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi. |
| Mijoz hisobvarag‘i i | Asosiy yoki ikkilamchi |
| Lizing valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Mahsulot turi | Moliyaviy lizing |
| Lizing shakllari | Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. |
| Lizing obyektlari | Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin. *Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas. |
| Lizing qiymati | Lizing obyekti qiymatidan kelib chiqib |
| Lizing muddati va foiz stavkalari | 13 oydan 36 oygacha – 28 foiz; 37 oydan 60 oygacha – 29 foiz. *Lizing foizlari kelgusida Likvidlik va resurslarni boshqarish qo‘mitasi qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin. |
| Imtiyozli davr | 6 oygacha |
| Foiz hisoblash | Annuitet yoki diffirensial usulida |
| Lizing ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan (6 oygacha) yuridik shaxslar bundan mustasno); 3. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno); 4. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 5. Mijozning majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi. |
| Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1.Pul mablag‘lari; 2.Ko‘chmas mulk; 3.Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari. |
| Lizing ta’minotiga qo‘yilgan talablar | 1. Ko‘chmas mulklar uchun: -ko‘chmas mulk joylashgan yerga nisbatan tegishli huquqlar mavjud bo‘lishi (ko‘p qavatli uyda joylashgan binolar bundan mustasno); 2. Kafillik uchun (qo‘shimcha ta’minot sifatida olish bundan mustasno): -Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 12 oydan kam bo‘lmagan bo‘lishi: -Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi; -O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi; -2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi; -Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi; -Taqdim etilayotgan kafillik summasi kafilning jami aktivlarining 80 foizidan oshmasligi kerak; -Kafil korxonaning oxirgi 12 oylik pul aylanmasi kafillik qiymatining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 3. Lizing hisobiga sotib olinadigan mulk xususiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha talab etiladigan mol-mulk garovi qiymati quyidacha bo‘lishi lozim: a) Lizing ob’ekti korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 45% miqdorida; b) Lizing ob’ekti yengil avtotransport vositalari bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 55% miqdorida; s) Lizing ob’ekti maxsus texnikalar va yuk avtotransport vositalari bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 65% miqdorida; d) Lizing ob’ekti uskunalar, texnologiyalar va boshqa ob’ektlar bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 100% miqdorida. |
| Lizing obyektini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish | Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi. Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda bank (lizing beruvchi) yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi. |
Lizing mahsulotidan foydalanish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
1. lizing oluvchining buyurtmasi;
2. lizing oluvchi korxonaning ta’sis hujjatlari (guvohnoma, ustav, rahbar buyrug‘i hamda ta’sischilar, rahbar, buxgalter (mavjud bo‘lsa) pasportlari nusxasi);
3. lizing oluvchining oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar (Buxgalteriya balansi, Moliyaviy natijalar to‘g‘risida);
4. biznes-reja;
5. sug‘urta kompaniyasining lizing obyektini sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi (lizing oluvchiga lizing ob’ekti topshirilgandan so‘ng, Lizing oluvchi tomonidan sug‘urta qilinadi);
6. lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi;
7. lizing obyektiga sotuvchi tomonidan berilgan texnik kafolat (talab etiladigan holatlarda);
8. lizing operatsiyasi hamda ta’minoti xarakteridan kelib chiqqan holda olingan boshqa hujjatlar.
9. Lizing bo‘yicha ta’minot hujjatlari
2. lizing oluvchi korxonaning ta’sis hujjatlari (guvohnoma, ustav, rahbar buyrug‘i hamda ta’sischilar, rahbar, buxgalter (mavjud bo‘lsa) pasportlari nusxasi);
3. lizing oluvchining oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar (Buxgalteriya balansi, Moliyaviy natijalar to‘g‘risida);
4. biznes-reja;
5. sug‘urta kompaniyasining lizing obyektini sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi (lizing oluvchiga lizing ob’ekti topshirilgandan so‘ng, Lizing oluvchi tomonidan sug‘urta qilinadi);
6. lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi;
7. lizing obyektiga sotuvchi tomonidan berilgan texnik kafolat (talab etiladigan holatlarda);
8. lizing operatsiyasi hamda ta’minoti xarakteridan kelib chiqqan holda olingan boshqa hujjatlar.
9. Lizing bo‘yicha ta’minot hujjatlari
beta-версия