Avtokredit «LIXIANG»
Li Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit.
O‘zbekiston Respublikasi hududida onlayn xaridlar va to‘lovlarni amalga oshirish
Batafsilroq
«Imkoniyat» mikrokreditini olish uchun ariza yuboring
Batafsilroq
Garant bank bilan daromad olishni bugundanoq boshla
BatafsilroqLi Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit.
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit maqsadi | Li Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit. |
| Mijoz segmenti | 18 yoshdan oshgan rasmiy daromadga ega (sherik qarzdor bilan birgalikda) va o‘z o‘zini band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. |
| Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqga o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; 3. KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi; 4. "Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: - 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi; - 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi |
| Kredit miqdori | 600 000 000,0 (olti yuz million) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha |
| Imtiyozli muddat | 1 (bir) oygacha; |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Kreditni ajratish shakli | Sotuvchi dillerlar yoki avtosalon hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali |
| Muddati o’tgan kreditga hisoblanadigan foiz stavkasi | Yillik 35% |
| Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differentsial shaklda hisoblanadi |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda; |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | - kredit ajratish sanasiga mijozning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi; - rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslar (birgalikda qarz oluvchi) uzluksiz 6 oy davomida daromadga ega bo‘lishi; - o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘zini-o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma; - kredit ajratish sanasiga mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi bo‘lmasligi. |
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | - Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi. Ta’minot miqdori kredit siyosatda belgilangan miqdorida tashkil qilishi lozim. - Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti kredit siyosatda belgilangan miqdorda olinishi lozim. - Bunda, avtomobil ta’minotchi tomonidan yetkazib berilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilguniga qadar vaqtinchalik kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi. |