Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 martdagi PF -794-sonli Farmoniga asosan aholining tovarlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni toʼldirish, shuningdek respublika savdo tarmogʼi faoliyatini moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Savdo va tijoratga koʼmaklashuvchi “Savdogar” aktsionerlik tijorat banki sifatida tashkil etildi hamda 1994 yil 12 mayda 42-sonli bilan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʼyxatga olindi. Bankning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat koʼrsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xoʼjalik boshqa tarmoqlari korxonalari oʼrtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablagʼ bilan taʼminlashdan iborat. Oʼzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, «Oʼzbeksavdo» uyushmasi, «Oʼzkooptayyorlovsavdo», «Oʼzbekbirlashuv» va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bankning muassislari boʼlishdi. Ushbu yilda barcha viloyat markazlarida va respublikamizning ayrim tumanlarida jami 19 ta filiali tashkil etildi. Ustav kapitalini miqdori 6 mln.soʼmni tashkil etgan.