Yangilandi: 04-11-2025
                    
                    - 
                                        
                                        3 000 000 000 so‘mgachakredit miqdori
 - 
                                        
                                        26 %danfoiz stavkasi
 - 
                                        
                                        60 oygachakredit muddati
 
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi | 
| Kredit maqsadi | Birlamchi va ikkilamchi bozordan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan yengil va yuk tashish avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokredit. | 
| Mijoz segmenti | Barcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar | 
| kredit tarixiga talablar | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Ijobiy kredit tarixi (KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi); 3."Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.  | 
| Kredit miqdori | 3 000 000 000 (uch milliard) so‘mgacha | 
| Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha | 
| Imtiyozli muddati | 6 (olti) oygacha | 
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) | 
| Kreditni ajratish shakli | Sotuvchi dillerlar yoki avtosalon hisobvarag‘iga, shuningdek ikkilamchi bozorda sotuvchilarning hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali | 
                                                | Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differensial shaklda so‘ndiriladi | 
| Kreditni to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda; | 
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | -    “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; - Mijozning kredit tarixi salbiy bo‘lmasligi; - Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - “2-sonli kartoteka” hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; - Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi.  | 
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | 1. Depozit mablag‘lari; 2. Ko‘chmas mulk; 3. Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4. Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi. Bunda, avtomobil ta’minotchi tomonidan yetkazib berilib, notarial tartibda rasmiylashtirilguniga qadar vaqtinchalik kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi. Ta’minot kredit summasining kamida 125% foizini tashkil qilishi lozim. - Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda olinadi. * boshlang‘ich badal to‘lanmagan holda uning o‘rniga likvidli mol-mulk ta’minoti qabul qilinishi mumkin. Bunda kredit uchun foiz stavkasi ushbu kredit mahsuloti pasporti bo‘yicha o‘rnatilgan eng yuqori foiz stavkada belgilanadi.  | 
                                    Kredit mahsulotidan foydalanish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
                                
                1.    Ariza;
2. Qarz oluvchi korxonaning ta’sis hujjatlari (guvohnoma, ustav, rahbar buyrug‘i hamda ta’sischilar, rahbar, buxgalter (mavjud bo‘lsa) pasportlari nusxasi);
3. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (YaTT hamda xususiy korxonalar bundan mustasno);
4. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri (yillik va choraklik) uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) bundan mustasno);
5. Avtomobil xarid qilish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
6. Avtotransport vositasini baholash hisoboti (ikkilamchi bozordan xarid qilinganda)
7. Garovni mustaqil baholovchi tomonidan baholash hisoboti (depozit o‘rniga mol-mulk garovi taqdim etilganda)

    beta-версия