Yangilandi: 25-08-2026
  • BHMning 25 000 barobarigacha
    kredit miqdori
  • Markaziy bank stavkasi + 6%
    foiz stavkasi
  • 84 oygacha
    kredit muddati
 
Taklif qilinayotgan “HAMROH” kredit mahsulotning asosiy xususiyatlari
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
Mijoz segmentiIjobiy kredit tarixiga ega*, ta’sischilar tarkibida ulushi 50 foiz va undan yuqori va (yoki) ayollar rahbarligida bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari.
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablarimuddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
• sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
• KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi
• “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
• O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.

Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida:

• 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
• 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p
bo‘lmasligi ammo, oxirgi 6 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi.
Mijoz hisobvarag‘i Asosiy yoki ikkilamchi
Kredit valyutasiMilliy valyuta (so‘m)
Kredit qiymati Kamida 2 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan:
BHMning 1 000 barobarigacha

Kamida 5 ta  ish o‘rni yaratish sharti bilan:
BHMning 4 000 barobarigacha 

Kamida 6 oy mobaynida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga kamida 10 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan:
BHMning 25 000 barobarigacha.
Kredit muddati84 oygacha
(Aylanma mablag‘larga 24 oygacha)

(Ajratilgan resurs (ssuda) davriga mutanosib ravishda)
Kredit foiziTashkil etilganiga 6 oydan oshgan, yillik aylanmasiga (muntazam aylanma) teng/undan kam kredit oluvchi  yoki barcha tushumlarni inobatga olgan holda yillik hisobvaraq aylanmasi (muntazam aylanma) 
5 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan mijozlarga:
Markaziy bank stavkasi + 6 foiz

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan mijozlarga:
Markaziy bank stavkasi + 9 foiz

Muddati o‘tgan kredit qarzdorlik uchun kredit foizi 1,5 barobar oshirilgan miqdorda hisoblanadi.
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat 
(Loyihani qoplanish imkoniyatidan kelib chiqgan holda)
24 oygacha, (aylanma mablag‘larga 6 oygacha)
Kredit maqsadiTadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida
Kredit ajratilmaydigan yo‘nalishlar•    Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
•    ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
•    har qanday qo‘lbola ishlab chiqarilgan uskunalarni sotib olishga;
•    qonunchilik bilan ta’qiqlangan boshqa maqsadlar.
Moliyalashtirish
manbai
“Hamroh” ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ resurslari hisobidan
Kreditni ajratish shakliTa’minotchiga pul ko‘chirish yo‘li bilan.
200 mln. so‘mgacha miqdorda naqd pulda  yoki mijozning o‘z hisobvarag‘iga  pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratilishi mumkin. 
Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash
davri
Asosiy qarzdorlik –imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda/har chorakda/har yarim yillikda;
Foiz to‘lovi - har oyda
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar1.    “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi;
2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT/yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar bundan mustasno);
3.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
4.    Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi.
* Yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar – moliya yili yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati kelmagan tashkilotlar.
Kreditning ma’qullanishiLoyihalar quyidagi bosqichlarda ko‘rib chiqiladi:
-    hududiy kredit menedjeri tomonidan shakllantirilgan hujjatlar Anderrayting boshqarmasiga taqdim etiladi;
-    Anderrayterlar tomonidan loyihalar ko‘rib chiqiladi va xulosa taqdim etiladi;
-    Anderrayterlar tomonidan ijobiy xulosa berilganda hududiy BXO Kredit qo‘mitasi tomonidan loyihalar ko‘rib chiqiladi va kredit ajratish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi;
-    Buyurtmanomalar mahsulot talablariga mos kelmaganda  yoki BXO Kredit qo‘mitasi uchun belgilangan limitdan yuqori bo‘lgan taqdirda ushbu buyurtmanomalar Markaziy Apparat  Kredit qo‘mitasi/ Bank.boshqaruvi /    Bank.kengashi /    Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatidan kelib chiqib ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi (biroq, kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar kredit siyosati talablariga zid bo‘lmasligi lozim).
*100 mln. so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bankning skoring tizimi qarori asosida yoki onlayn shaklda ajratilishi mumkin. Bunda xulosa yoki qo‘mita qarorlari rasmiylashtirilmaydi.
Mahsulot bo‘yicha ta’minotKredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
(Bankka aloqador shaxslar uchun 130%)
Qabul qilinadigan ta’minot turlari1.Pul mablag‘lari;
2.Ko‘chmas mulk;
3.Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
4.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
*100 mln. so‘mgacha to‘liq 3-shaxs (yuridik shaxs) kafilligi asosida (onlayn ajratilganda ta’minotsiz) ajratilishi mumkin.
Ajratilayotgan kreditlarning 70 foizgacha qismi uchun “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafolati (kafilligi) qabul qilinishi mumkin.
Kredit ta’minotiga qo‘yilgan talablar  1. Ko‘chmas mulklar uchun: 
-ko‘chmas mulk joylashgan yerga nisbatan tegishli huquqlar mavjud bo‘lishi (ko‘p qavatli uyda joylashgan binolar bundan mustasno);
2. Kafillik uchun (qo‘shimcha ta’minot sifatida olish bundan mustasno):
-Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 12 oydan kam bo‘lmagan bo‘lishi:
-Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
-O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;
-2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi;
-Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi;
-Taqdim etilayotgan kafillik summasi kafilning jami aktivlarining 
80 foizidan oshmasligi kerak;
-Kafil korxonaning oxirgi 12 oylik pul aylanmasi kafillik qiymatining 
50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Kredit hisobiga sotib olinadigan ko‘char yoki ko‘chmas mulk garovga qo‘yilguniga qadar vaqtincha taʼminotga sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin, bunda taʼminotga likvid mol-mulk taqdim etilgan hisoblanadi.
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering