Yangilangan: 20-03-2024

Ko‘p beriladigan savollar

Kredit mahsulotlari

  • Men doimiy ish haqisiz avtokredit olishim munkinmi?
    Ha, albatta. 55 % birinchi to‘lov bilan yoki mulk garovi yordamida 
  • Nima sababdan nafaqaxo‘rlarga kredit berilmaydi?
    Nafaqaxo‘rlar ish haqidan yillik daromadga ega bo‘lmaganliklari sababli.
  • Men sizlarning ilovangiz yordamida kreditni to‘lasam bo‘ladimi?
    Ha, albatta. Siz to‘lovni amalga oshira olasiz.
  • Sizlarda kreditning qanday turlari mavjud?
    Jismoniy shaxslar uchun: iste’mol, ta’lim kreditlari, avtokredit, mikroqarzlar, onlayn kreditlar. Yuridik shaxslar uchun: uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun kreditlar.
  • Men onlayn kreditni qanday olishim mumkin?
    Onlayn kreditni faqat bank ilovasidan olishingiz, shuningdek, onlayn talabnoma qoldirishingiz mumkin.

Omonatlar va depozitlar

  • Sizlarda omonatlarning qanday turlari mavjud?
  • Omonat muddati tugagunga qadar men pul yechishim mumkinmi?
    Ha, albatta mumkin.
  • Omonatga qo‘ygan pullarimni qanday ko‘rinishda olishim mumkin?
    Agar bank ilovasi orqali qo‘ygan bo‘lsangiz, u holda naqdsiz shaklda. Agar bank filiallaridan biriga naqd holda qo‘ygan bo‘lsangiz, o‘sha filialning o‘zidan naqd holda olasiz.

Xalqaro pul o‘tkazmalari

  • Sizlarda pul o‘tkazishning qanday turlari mavjud?
    Zolotaya korona, Contact, UPT, SWIFT, Asia express.
  • Могу ли я узнать максимальную сумму отправки за рубеж?
    В зависимости от системы перевода. Для полной достоверной информации можете обратиться в Call-центр нашего банка.
  • Men chet elga jo‘natishning maksimal summasini bilsam bo‘ladimi?
    O‘tkazish tizimiga qarab. To‘liq ishonchli ma’lumot olish uchun bankimiz Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Men pul o‘tkazmalarining ish grafigini bilsam bo‘ladimi?
    Xalqaro pul o‘tkazmalari dushanbadan jumagacha 9:00 dan 16:30 gacha ishlaydi

Mobil ilova

  • Men bankingiz mobil ilovasini qanday yuklab olishim mukin?
    Garant bank mobil ilovasi IOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydi. IOS operatsion tizimida App store orqali, Androidda esa Play Market orqali yuklab olish mumkin.
  • Agar menda mobil ilova bo‘yicha savol tug‘ilsa, kimga murojaat qilishim mumkin?
    Agar mobil ilova bo‘yicha savol tug‘ilsa, siz bankimiz Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Ilovada ro‘yxatdan o‘tishda muammo tug‘ildi, kimga murojaat qilishim mumkin?
    Agar mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishda muammo tug‘ilsa, siz bankimiz Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Men o‘z kreditlarimni mobil ilovada ko‘ra olamanmi?
    Ha, albatta. Ilovada faqat onlayn kredit statistikasini ko‘rishingiz mumkin.
  • Agar menda onlayn kreditni olishda muammo tug‘ilsa, kimga murojaat qilishim mumkin?
    Agar onlayn kreditni olishda muammo tug‘ilsa, siz bankimiz Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Umumiy savollar

  • Men kartaga SVS-xabarni qanday ulashim mukin?
    Agar kartangiz UzCard bo‘lsa, o‘pingizga yaqin bankomatda ulshingiz mumkin. Agar kartangiz Xumo bo‘lsa, u holda pasportingiz bilan kartani olgan filialga borishingiz kerak.
  • Bankingizda norezidentlar karta ocha oladimi?
    Afsuski, mamlakat norezidentlariga karta ochilmaydi.
  • Kartamni yo‘qotib qo‘ydim, uni qanday blokirovka qilishim mumkin?
    U holda siz Call-markazga yoki kartani olgan filialga murojaat qilishingiz lozim.
  • Men N-Qulay tarifi bo‘yicha kreditni qanday olishim mumkin?
    N-Qulay tarifi bo‘yicha kreditni hamkorlar hududida olishingiz mumkin. Hamkorlar haqida to‘liq ma’lumotni nqulay.uz saytidan olishingiz mumkin.
  • Yangi karta ochish qancha turadi?
    Uzkart - 40.250, Хуmо - 40.250, Коbeyj karta - 40.250, Visa karta-bepul (yangi karta ochishda boshlang‘ich depozit talab qilinadi)
  • Valyuta ayirboshlash uchun qanday hujjat kerak?
    100 $ gacha pasport shart emas. 100 $ dan oshig‘iga pasport asl nusxasini taqdim etish lozim.

Muddatli to'lov

  • n-qulay nima?

    n-qulay – bu loyiha hamkorlaridan muddatli to'lovga tovar sotib olish uchun foizsiz asosda pul mablag‘lari limitini taqdim etish.

  • Qanday limitlar bo‘ladi?

    Limitlar 1 000 000 dan 20 000 000 s
    o‘mgacha.

    Limit miqdori har bir mijoz uchun alohida aniqlanadi, hisoblash qayd etishda ko‘rsatilgan kartaga tushadigan mablag‘lar miqdoriga bog‘liq.
    Masalan, agar mijoz 1 mln ish haqi olsa, uning taxminiy limiti 4 mln so‘mdan ortiq bo‘lmaydi. Agar ish haqi 5 mln dan ko‘p bo‘lsa, u holda ehtimol unga 20 mln miqdordagi maksimal summa tayinlanadi.
    Agar mijoz fakt bo‘yicha tushganidan ko‘proq limit olishni mo‘ljallagan holatda, ehtimol mijozning boshqa bankdan, garovxonadan, kredit tashkilotidan qarzi bor, qarz yuklari hisobidan kelib chiqib unga kamaytirilgan summadagi limit taklif qilingan. 
    Balki qayd etishda ko‘rsatilgan kartaga yetarlicha mablag‘ tushmaydi, ammo mijozning rasmiy ish haqi ko‘proq summadagi limit olish imkonini beradi. Bunday vaziyatda tizim mustaqil qaror qabul qiladi va haqiqatda olingan ma’lumotlardan hisob yuritadi.

  • Mijozga limit berishni rad etishga nima ta’sir ko‘rsatadi?

    Talabnomani qayd etishda noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ma’lumotlar

    Qayd etishda ko‘rsatilgan kartaning chiqarilganiga 6 oy bo‘lmagan.

    Karta ish haqiniki emas (nafaqa, kobeyjing, stipendiya, valyuta kartalari qabul qilinmaydi)

    Kartaning amal qilish muddati 8 oyga qolmay tugaydi

    Mablag‘lar (ish haqlari) tushish chastotasi talabga javob bermaydi, ya’ni so‘nggi 3 oyda unga mablag‘ tushmagan.

    Mijozning boshqa bankdan krediti bor va uning qarz yuki unga limit ajratish imkonini bermaydi.

    Mijoz yomon kredit tarixiga ega (ehtimol u boshqa kreditlarni o‘z vaqtida to‘lamagan).

  • Tovar narxi?

    Naqd pul bilan to‘laganda va  bo‘lib to‘laganda tovarning narxi farq qilishi mumkin. Odatda, bo‘lib to‘lashga olingan tovar qimmatroq, lekin tovar narxini magazin belgilaydi, mablag‘ limiti esa n-qulay tizimi tomonidan foizsiz asosda daqdim etiladi, chunki n-qulayning narx qo‘yish (narxdagi farq)ga daxli yo‘q.

  • Mablag‘ni qaytarish tartibi?

    Xaridning umumiy summasi xarid qilingan sanadan boshlab proporsional ravishda 12 yqga bo‘linadi.

    Faqat sarflangan summagina qaytariladi!

    Misol: Mijozga 10  000 000 so‘m limit ajratildi, mijoz undan 2 000 000 so‘mini sarfladi, bunda faqat 2 000 000 so‘mgina qaytariladi, chunki har oylik to‘lov 166 667 so‘mni tashkil etadi. Qolgan 8 000 000 so‘m bekor qilinadi.

     

  • Sarflangan summani qanday qaytarish mumkin?

    Har oylik to‘lavni mustaqil nazorat qilish mijoz majburiyatiga kiradi.

    Har oyning 5-kuni oylik majburiy to‘lov sanasi hisoblanadi. 

    Har oylik to‘lovni to‘lov ilovalari (eng ko‘p tarqalganlari Payme / Click / Apelsin) orqali amalga oshirish mumkin. (самые распространённые Payme / Click / Apelsin ). Buning uchun «Kreditlarni uzish» bo‘limini tanlash, «Garant bank»ni toppish, kredit ID hamda to‘lov summasini ko‘rsatish lozim.

     ID ni bilish uchun mijoz 71 200 27 00 yoki 71 256 31 12 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

    Mijoz 5-kuni mustaqil ravishda to‘lov qilmagan taqdirda, qaytarish qayd qilish vaqtida ko‘rsatilgan unga tegishli boshqa kartalardan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

    Agar mijoz sarflangan summani muddatidan oldin to‘liq yoki qisman uzmoqchi bo‘lsa, to‘lov ilovasidan foydalanib, qayd etishda ko‘rsatilgan kartasini to‘ldirishi va 71 2563112 raqamiga mablag‘ni ochirish haqida iltimos qilishi lozim.

    Shuningdek, kreditni «Garant bank» AJ kassasida uzish imkoniyati ham mavjud.  

    Agar qandaydir sababga ko‘ra mijoz kreditni naqd pul bilan uzishni xohlasa, bankomatda kartasini to‘ldirishi lozim va yuqorida qayd etilgan barcha usullardan foydalanishi mumkin.

  • Bo‘lib to‘lashni qanday rad etish mumkin?

    Rad etishni rasmiylashtirish shart emac, 3 oy davomida limitdan foydalamslikning o‘zi kifoya, u o‘zi bekor qilinadi.

  • Penya mavjudmi?

    Agar mijoz to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirsa, penya yo‘q.

    Agar mijoz har oylik to‘lovni 5-kuni to‘lamasa, summaning kechiktirilgan har bir kuni uchun 0,1 % miqdorida penya qo‘shiladi.
     

  • Yoshga ko‘ra cheklovlar bormi?

    Faqat voyaga yetgan shaxslargina ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

  • Limitni naqd pul qilish mumkinmi?

    Yo‘q. Limit faqat n-qulqy hamkorlari hududida tovarlar xarid qilish uchun mo‘ljallangan.

  • Men nafaqachiman, ro‘yxatdan o‘tishim mumkinmi?

    Ro‘yxatdan o‘tishga faqat Ish haqi turidagi kartalargina qabul qilinadi. Agar mijoz nafaqachi bo‘lib, ammo ishlayaotgan va ish haqi kartasiga ega bo‘lsa, u holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. 

  • Men harbiyman, ro‘yxatdan o‘tishim mumkinmi?

    Ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport asl nusxasi bo‘lishi kerak.

beta-версия