Yangilandi: 17-11-2025

Kredit «BUSINES ONLINE»

Kredit «BUSINES ONLINE»
  • 100 000 000 so‘mgacha
    kredit miqdori
  • 28%
    foiz stavkasi
  • 12 oygacha
    kredit muddati
 
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
Kredit maqsadiDoimiy savdo tushumiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlariga “Mobile banking” ilovasi va “Internet banking” orqali 12 (o‘n ikki) oy muddatgacha onlayn “skoring” tahlili va oferta kredit shartnomasini tasdiqlangan holda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit mijozning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali ajratiladi.
Mijoz segmentiBarcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
kredit tarixi va hisobvaraq aylanmasiga talablar1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2. "Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
3. Hisobvarag‘i orqali (“Garant bank” AJ tizimida) so‘ngi 6 oyda uzluksiz mablag‘ tushumiga ega bo‘lishi lozim lozim.
Kredit miqdori 100 000 000 (bir yuz million) so‘mgacha
Kredit muddati12 (o`n ikki) oygacha  revolver foydalanish sharti bilan 
Imtiyozli muddati1 (bir) oygacha
Kredit valyutasiMilliy valyuta (so‘m)
Skoringni amalga oshirish va kreditni ajratish shakliQarz oluvchining asosiy  hisobvarag‘iga uzluksiz oxirgi 6 oy davomida 19903, 23508, 23510, 29804, 29824 va boshqa sosiy faoliyatdan tushum bo‘ladigan hisobvaraqlar va 10101 (kassaga topshirilgan naqd pullar va tranzit hisobvaraqlari), 10111 (aylanma kassaga topshirilgan mablag‘lar hisobvaraqlari (“0100”, “0200”, “0400”, “0701”, “1101”, “1102” simvollar bo‘yicha) orqali kelib tushgan mablag‘lar onlayn “skoring” orqali, o‘rtacha bir oylik hisobvaraq aylanmasining (mavjud kredit qarzdorliklarining bir oylik to‘lovlari chegirib tashlanadi) 6 barobariga teng miqdorda, lekin 100 000 000 (bir yuz million) so‘mdan oshmagan miqdorda onlayn ajratiladi.
Kredit foiz stavkasiyillik 28 %
Foiz hisoblashFoizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha differensial shaklda so‘ndiriladi
Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davriAsosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda,  kredit grafigi asosiy qarz to‘loviga 1 (bir) oy imtiyozli muddat beriladi va qolgan to‘lovlar 11 (o‘n bir) oyga teng taqsimlanadi;
Mahsulot bo‘yicha ta‘minotKredit ta’minoti sifatida barqaror moliyaviy holatga ega sug‘urta tashkilotining kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi onlayn qabul qilinadi. 
 Bunda sug‘urta shartnomasi shartlari Bosh kelishuv yoki ofertada belgilanishi lozim.
 Kredit ajratilishidan oldin sug‘urta to‘lovlari Bank tomonidan amalga oshiriladi (199__ hisobvaraq orqali) va kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
beta-версия