Yangilandi: 17.06.2026

Garant bank bolalar uchun bayram tadbirini tashkil etdi

17-iyun kuni 354-sonli maktab hududida Garant bank va hamkorlar ko‘magida 354-sonli hamda 54-sonli maktab o‘quvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bolalar uchun sport estafetalari, animatorlar ishtirokidagi ko‘ngilochar dasturlar, sovun pufakchalari shousi va bayramona fotozona tashkil etildi.

Garant bank tadbirni tashkil etishda ko‘maklashgan 354-sonli va 54-sonli maktablar ma’muriyatlariga, FCDM Bolalar futbol maktabiga, Incare Lab tibbiy laboratoriyalari tarmog‘iga, «Sochnaya dolina», Muzy va Chortoq brendlariga, animatorlar jamoasiga hamda barcha hamkorlarga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Bunday tashabbuslar Garant bank’ning ijtimoiy faoliyatining muhim qismi bo‘lib, bolalar uchun qulay muhit yaratish, oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro yordam madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona