- Matbuot markazi
- Garant bank’da A2A o‘tkazmalarining yangi formati ishga tushirildi
Garant bank mobil ilova imkoniyatlarini kengaytirishda va mijozlari uchun zamonaviy moliyaviy xizmatlarni joriy etishda davom etmoqda.
Endilikda ilova foydalanuvchilari A2A (Account-to-Account) o‘tkazmalarining yangi formatidan foydalanishlari mumkin. Ushbu xizmat mablag‘larni bank hisobvaraqlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish imkonini beradi.
A2A tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining naqdsiz hisob-kitoblar xavfsizligi, qulayligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Yangi format mijozlarga zamonaviy identifikatsiya va himoya mexanizmlaridan foydalangan holda mablag‘larni bank hisobvaraqlari o‘rtasida tezkor va xavfsiz tarzda o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
Yangi xizmatdan Garant bank mobil ilovasida foydalanishingiz mumkin.