Yangilandi: 14.09.2026

Garant bank Sky Chess bayram turnirida ishtirok etdi

12-sentabr 2026-yilda Garant bank O‘zbekistondagi FIDE xalqaro akademiyasi — Sky Chess tashkil topgan kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Bayram doirasida akademiya yosh ishtirokchilar o‘rtasida shaxmat turnirini tashkil etdi. Turnir yakunida g‘oliblar va ishtirokchilarga Garant bank’dan esdalik sovg‘alari, shuningdek, hamkorlar — Uzcard va InCare Lab’dan sovg‘alar topshirildi.

Bolalar shaxmat taxtasi atrofida bellashayotgan bir paytda, bank vakillari ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida bolalarning moliyaviy savodxonligi, bank mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish va firibgarlikdan himoyalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga Kids Card bolalar kartasining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi va ota-onalarning savollariga javob qaytarildi.

Mazkur tadbir Garant bank va Sky Chess o‘rtasida memorandum imzolangandan keyingi ilk qo‘shma loyihalardan biri bo‘ldi. Kelgusida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda shaxmat harakatini qo‘llab-quvvatlash hamda bolalar va ota-onalar uchun ta’limga oid tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona