- Matbuot markazi
- Garant bank Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
13-oktabr kuni Garant bank vakillari ta’lim muassasasi bilan hamkorlik doirasida Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida talabalar xalqaro ISIC talabalik kartasi, uning afzalliklari va karta egalari uchun mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot oldilar. Bank vakillari ishtirokchilarning savollariga javob berib, karta rasmiylashtirishga qiziqqan talabalardan arizalar qabul qildilar.
Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik Garant bankka talabalarni zamonaviy bank mahsulotlari bilan tanishtirish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradi.