- Matbuot markazi
- Garant bank xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan o‘tkazilgan yugurish marafonida ishtirok etdilar
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu an’anaviy tadbir sportni qadrlaydigan, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda davlat ramzlariga hurmat bilan qaraydigan fuqarolarni birlashtiradi.
Bunday tadbirdagi ishtirok jamoaviy ruh, birdamlik va korporativ qadriyatlarni nafaqat ish jarayonida, balki undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishni namoyon etdi.
Marafon jismoniy faollik va vatanparvarlikning uyg‘unlashuvi, odamlarni birlashtiruvchi va ilhom beruvchi muhit yaratishning yorqin namunasiga aylandi.