Yangilandi: 05.02.2026

Garant bankning Urganch shahridagi bank xizmatlari ofisi xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng faol deb topildi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, Garant bankning Urganch shahridagi bank xizmatlari ofisi aholi uchun xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eng faol bank sifatida e’tirof etildi.

Mazkur baho O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalari sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va sifati tahlili asosida berildi.

Ushbu e’tirof ofis faoliyatining yuqori darajada tashkil etilgani, xodimlarning professional mahorati hamda mijozlar tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlariga bo‘lgan barqaror talab mavjudligini tasdiqlaydi.

Garant bank xalqaro pul o‘tkazmalari yo‘nalishini izchil rivojlantirib, mavjud servislar turini kengaytirish va bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini barcha hududlarda yanada oshirib bormoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия

So’rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So`rovnomani to`ldirish