Yangilandi: 16.10.2026

Garant bank Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari uchun marketing bo‘yicha ma’ruza o‘tkazdi

Garant bank ISIC va Workxplorer vakillari bilan hamkorlikda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari uchun «Sening g‘oyang, sening auditoriyang: ISIC talaba kartasi misolida marketing qanday ishlaydi?» mavzusida ma’ruza tashkil etdi.

 Tadbir davomida ishtirokchilar marketing asoslari, maqsadli auditoriyani aniqlash va biznes-reja ishlab chiqish tamoyillari bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalarga ISIC kartasi taqdim etilib, uning afzalliklari va karta egalari uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. 

Ma’ruza yakunida mavzuga oid bilimlar bellashuvi — kviz o‘tkazildi. Uning g‘oliblari ISIC talaba kartalarini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritadilar. 

Bunday tadbirlar yoshlarning moliyaviy va marketing savodxonligini oshirish, talabalarni ISIC kartasi imkoniyatlari bilan kengroq tanishtirish hamda Garant bank’ning ta’lim muassasalari va hamkorlar bilan aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

       

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar