- Matbuot markazi
- Garant bank Tashkent Perfect University talabalari uchun o‘quv treningi o‘tkazdi
Tashkent Perfect University bilan hamkorlik doirasida Garant bank vakillari universitet talabalari uchun bank front-ofisi xodimlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv treningi o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishning asosiy tamoyillari, samarali muloqot qilish usullari hamda har bir mijozga individual yondashishning ahamiyatini muhokama qildilar. Muloqot madaniyati, kasbiy etika va mijozlarda ijobiy taassurot shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Trening talabalarga bank front-ofisi faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishish va kelgusidagi kasbiy faoliyatida asqatadigan bilimlarni egallash imkonini berdi.
Garant bank ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, o‘z kasbiy tajribasini yoshlar bilan bo‘lishish hamda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashishda davom etmoqda.