Yangilandi: 12.06.2026

Garant bank’da biznes uchun yagona QR-kodni ulash imkoniyati mavjud

O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan ishlab chiqilgan naqdsiz to‘lovlarni qabul qilishning yangi standarti — yagona QR-kod tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Yagona QR-kod tadbirkorlarga istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. To‘lovni amalga oshirish uchun mijozga Garant bank yoki boshqa bank mobil ilovasini ochish, QR-kodni skaner qilish va operatsiyani tasdiqlash kifoya.

Garant bank’da yagona QR-kodni ulash bepul amalga oshiriladi. Shuningdek, savdo nuqtasiga joylashtirish uchun QR-kod tushirilgan maxsus peshlavha ham bepul tayyorlanib, yetkazib beriladi.

Yagona QR-koddan foydalanish POS-terminalsiz to‘lovlarni qabul qilish, mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobvaraqka qabul qilish hamda operatsiyalarni qulay tarzda nazorat qilish imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun Garant bank’da hisobvaraq ochilgan bo‘lishi va QR-kodni «To‘lovlarni qabul qilish» bo‘limi orqali rasmiylashtirish zarur.

Qo‘shimcha ma’lumotni bank filiallarida yoki 1326 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona