- Matbuot markazi
- Garant bank TadbirCore platformasiga qo‘shildi
O‘zbekistonda tadbirkorlikni kreditlash uchun arizalarni onlayn qabul qiluvchi TadbirCore raqamli platformasi ishga tushirildi.
Garant bank ushbu platformada ishtirok etuvchi banklardan biri hisoblanadi. Endilikda tadbirkorlar zarur kredit summasi, moliyalashtirish maqsadi va kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda biznesni moliyalashtirish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.
Ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng, platformadagi banklar mavjud kredit shartlari bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etadilar. Bu esa tadbirkorlarga turli takliflarni solishtirish va o‘z biznesini rivojlantirish uchun eng maqbul variantni tanlash imkonini beradi.
Garant bankdan kredit olish uchun arizani TadbirCore platformasi orqali yuborishingiz mumkin.