- Matbuot markazi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahrida jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish kassasining ochilishi
Hurmatli mijozlar,
Quyidagi manzilda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish kassasi ochilganligini sizga ma’lum qilamiz: Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani Xalqlar Dustligi kochasi (Yagona darcha qarshisida).
Yangi kassa quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun ochilmoqda:
— xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarida pul mablag‘larini berish va jo‘natish;
— valyuta ayirboshlash amaliyotlari;
— kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilish.
Kassa ish rejimi: soat 9:00 dan 17:00 gacha.
Garant bank bank xizmatlarini mijozlar uchun yanada arzon va qulay qilgan holda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda.