Yangilandi: 08.09.2026

Garant bank TDIU talabalari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ma’ruza o‘tkazdi

2026-yil 8-sentabr kuni Garant bank vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun moliyaviy savodxonlik va yoshlar uchun zamonaviy bank imkoniyatlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bank mutaxassislari shaxsiy moliyani oqilona boshqarishning asosiy tamoyillari, bank mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish hamda moliyaviy firibgarlikdan himoyalanish haqida so‘zlab berishdi.

Alohida e’tibor Garant bankning xalqaro ISIC guvohnomasiga ega talabalar kartasiga qaratildi. Talabalar kartaning imkoniyatlari, shuningdek O‘zbekiston va xorijda mavjud ISIC imtiyozlari va maxsus takliflari haqida ma’lumot olishdi.

Uchrashuv ochiq muloqot formatida o‘tdi: ishtirokchilar bank vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va moliyani boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishdi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering