Yangilandi: 14.10.2026

“Garant bank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

“Garant bank” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Yig‘ilish 2026-yil 5-noyabr kuni soat 12:00 da Toshkent shahri, S. Baraka ko‘chasi, 78-uy manzilida bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:
1.    Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2.    Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
3.    Bankning e’lon qilingan aksiyalari eng ko‘p miqdorini belgilash to‘g‘risida.
4.    Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2026-yil 30-oktabr holatiga shakllantiriladi.

Yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 5-noyabr kuni soat 11:00 dan 11:45 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga doir materiallar bilan Toshkent shahri, S. Baraka ko‘chasi, 78-uy manzilida joylashgan “Garant bank” AJning Bosh ofisida tanishish mumkin.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda shaxsan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin.

Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma esa notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Bog‘lanish uchun ma’lumot:
Elektron pochta: info.garantbank@uz
Rasmiy sayt: www.garantbank.uz
Ma’lumot uchun telefon: 71-203-02-42 

“Garant bank” AJ Kuzatuv kengashi
 

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar