Yangilandi: 25.12.2025

Garant bank jamoasi «Zakovat» intellektual o‘yinida ishtirok etdi

25 dekabr kuni Zakovat Arena majmuasida «Birgalikda ro‘yxatdan o‘tamiz — birgalikda kelajakni yaratamiz» festivali doirasida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga bag‘ishlangan «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada turli tashkilotlar jamoalari, jumladan «Garant bank» jamoasi ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar yuqori saviyada bilim, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy hamkorlikni namoyon etdilar. Tadbir mazmunli va bilimlarga boy muhitda o‘tib, barcha qatnashchilar uchun foydali tajriba bo‘ldi.

Garant bank jamoasi bilim almashishga, jamoaviy ruhni mustahkamlashga hamda dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladigan intellektual va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda ishtirok etishni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия