- Matbuot markazi
- “GАRАNT BАNK” AKSIYADORLIK JAMIYATI YIL YAKUNLАRI BOʼYIChА AKSIYADORLАR UMUMIY YIGʼILISHI OʼTKАZILISHINI MА’LUM QILАDI
Kun tartibi:
1. Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Bank Kuzatuv kengashining 2025 yil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. Bank Boshqaruvi raisining Bankning 2025 yil moliyaviy – xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
5. Bankning 2025 yilgi faoliyati bo‘yicha tashqi auditorining xulosasini eshitish, yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash va bankning 2025 yildagi taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risida.
6. Kuzatuv kengashining ayrim a’zolarini vakolatini muddatidan oldin tugatish va Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
7. Bank tashqi auditorini tasdiqlash va uni xizmat haqining eng yuqori miqdorini belgilash to‘g‘risida.
8. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash (yangi tahrirda) to‘g‘risida.
9. Bankning ichki qoidalarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish to‘g‘risida.
Yig‘ilish 2026 yil 29 iyun kuni soat 12-00da Toshkent shahri, S.Baraka ko‘chasi 78-uyda o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2026 yil 23 iyun holatiga tuziladi.
Yig‘ilish qatnashchilari 2026 yil 29 iyun kuni soat 11.00 dan 11.45 gacha ro‘yxatga olinadi.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishga doir materiallar bilan Toshkent shahri S.Baraka ko‘chasi 78-uyda joylashgan “Garant bank” AJning Bosh ofisida tanishishlari mumkin. Elektron pochta manzili: info@garantbank.uz, veb sayti: www.garantbank.uz.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
KUZАTUV KENGАSHI
Maʼlumot uchun telefonlar: 71-203-02-42