Yangilangan: 20.03.2024

Garant bank filiallarida “Yuristkonsult” boʻsh ish oʻrni ochilmoqda

Garant bank filiallarida “Yuristkonsult” boʻsh ish oʻrni ochilmoqda:

— Chinor (Toshkent shahri)
– Qibray (Toshkent viloyati)
– G‘azalkent (Toshkent viloyati)

Asosiy vazifalari :
• Shartnomalarni tuzish va bajarish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;
• Shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish;
• Bank manfaatlarini huquqiy himoyasini amalga oshirish;
• Bank manfaatlarini himoya qilish uchun da'vo hujjatlarini tayyorlash;
• Sud, soliq, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda bankning vakili boʼlish;
• Bankda mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash.

Nomzodlarga talablar:
• Shartnomaviy va korporativ ishlarni bilish;
• Aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini tartibga soluvchi bank qonunchiligini bilish;
• Banklarning yuridik bo‘limlarida ish tajribasi (kamida bir yil);
• Protsessual qonunchilikni bilish;
• O‘zbek va rus tillarini bilish;
• MS Office (Word, Excel) ning tajribali foydalanuvchisi.

Jamoamizga qo'shiling va rezyumeni info@garantbank.uz elektron manziliga yuboring

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия
Batafsilroq