Yangilandi: 11.03.2025

Baxtli lahzalar: Garant bank oilalarga quvonch ulashmoqda!

Garant bank O’zbekiston volontyorlari Assotsiyatsiyasi bilan hamkorlikda "kapalak teri" kasalligiga chalingan bolalar va paralimpiyachilarning onajonlari uchun fayzli bayram tashkil qilishdi. Ular bu matonatli ayollarga haqiqiy xordiq va quvonchli kunni hadya eta olishdi.

Animatorlar, body-art ustalari, xina naqshlari rassomlari va stilistlar ularni chinakamiga goʻzal ayol boʻlishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Bayramdan shunchalik zavq olishdiki, bolajonlarning tabassumlari atrofni yoritdi, sovg‘alar esa cheksiz quvonch berdi. Shuningdek, barcha mehmonlarni xursand qiladigan lazzatli taomlar ham tayyorlandi.

Bu kun oila, g‘amxo‘rlik va e’tiborning qanchalik muhim ekanligini isbotlab berdi. Yoqimtoy ko‘zlardagi samimiy tabassumlarni mana bu videoda ko‘rishingiz mumkin!

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering