- Matbuot markazi
- Garant bank xodimlari TDIU talabalari uchun moliyaviy xavfsizlik bo'yicha ma'ruza o'tkazdilar
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Garant bank xodimlari tomonidan "Kibergigiena — zamonaviy davr talabi sifatida kiberxavfsizlik" mavzusida ma'ruza bo'lib o'tdi.
Tadbir TDIUning korporativ iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi mudiri Hakimova Hulkar Hamitovna ishtirokida, universitetning Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro ta'lim dasturi doirasida tashkil etildi.
Ma'ruza davomida Garant bank mutaxassislari talabalarga moliyaviy va kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha dolzarb yondashuvlarni taqdim etdilar, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning amaliy jihatlarini ko'rib chiqdilar hamda onlayn firibgarlikning eng ko'p tarqalgan usullarini tahlil qildilar.
Ushbu tashabbus yoshlarning raqamli va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga, zamonaviy moliyaviy vositalardan mas'uliyat bilan foydalanish madaniyatini shakllantirishga hamda raqamli muhitda xavfsiz xatti-harakat ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.