- Matbuot markazi
- Garant bank TDIU talabalari bilan moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik haqida suhbatlashdi
Garant bank vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari bilan uchrashib, moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik mavzusida ma’ruza o‘tkazdi.
Uchrashuvda nazariyadan ko‘ra talabalar kundalik hayotda duch keladigan holatlarga e’tibor qaratildi: shaxsiy moliyani qanday boshqarish, bank kartalari va onlayn xizmatlardan xavfsiz foydalanish, firibgarlik sxemalarini aniqlash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish.
Uchrashuv fakultet dekani Mirzayev Dilshod Aminovich va “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sh. A. Masharipova ko‘magida “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasida bo‘lib o‘tdi.
Bunday uchrashuvlar moliya haqida sodda va tushunarli tilda gapirishga yordam beradi hamda talabalarga bugunoq amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan bilimlarni beradi.