- Matbuot markazi
- Garant bank’da O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi
Garant bank’da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muomalaga chiqarilgan esdalik tangalarini xarid qilish mumkin.
Yubiley turkumi nominal qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan oltin va kumush tangalardan iborat. Tangalar dizaynida O‘zbekistonning ramziy timsollari va mashhur me’moriy obidalari, shuningdek, «1991–2026» sanalari aks ettirilgan.
Tangalar soni cheklangan. Ularning mavjudligi va xarid qilish shartlari haqida batafsil ma’lumotni 1326 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.