- Matbuot markazi
- Garant bank va O‘zbekistondagi FIDE xalqaro akademiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi
Garant bank va O‘zbekistondagi FIDE xalqaro akademiyasi SkyChess mamlakatda shaxmatni rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Hamkorlik doirasida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish, yosh shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bolalar va yoshlar o‘rtasida shaxmat mahoratini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Memorandum Garant bank va SkyChess o‘rtasida O‘zbekistonning yangi avlod shaxmatchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keyingi qo‘shma loyihalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.