- Matbuot markazi
- Garant bank «Biznesga birinchi qadam» krediti bo‘yicha maksimal mablag‘ni 20 million so‘mgacha oshirdi
Hurmatli mijozlar!
«Biznesga birinchi qadam» kredit mahsuloti shartlari yangilangandini ma’lum qilamiz.
Endi kreditning maksimal summasi 2 baravarga — 10 million so‘mdan 20 million so‘mgacha oshirildi.
Yangilangan shartlar quyidagilar uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratadi:
— o‘z biznesini ochish;
— mavjud biznesni kengaytirish;
— uskuna va tovarlar xarid qilish;
— yangi biznes g‘oya va loyihalarni amalga oshirish.
Mahsulot afzalliklari:
✔️ arizani tezkor ko‘rib chiqish;
✔️ qulay kredit shartlari;
✔️ yangi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;
✔️ biznesni rivojlantirish uchun ommabop moliyalashtirish.
«Biznesga birinchi qadam» — tadbirkorlikda ilk qadam qo‘yayotgan va o‘z faoliyatini rivojlantirishga intilayotganlar uchun ishonchli qo‘llab-quvvatlovdir.
Batafsil ma’lumotni Garant bank’ning yaqin filialida olishingiz mumkin.