- Matbuot markazi
- Chilonzor buyum bozori hududida yangi chakana amaliyotlar kassasi ochilishi
Garant bank filiallar tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda va bank xizmatlarini yanada qulayroq qilmoqda. Toshkent shahri, Chilonzor buyum bozori hududida yangi chakana amaliyotlar kassasi o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi chakana amaliyotlar kassasining ochilishi Chilonzor buyum bozori tashrif buyuruvchilari hamda unga tutash hududlarda yashovchi aholi uchun bank xizmatlaridan yanada qulay foydalanish imkonini yaratadi.
Yangi kassa quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun ochilmoqda:
• xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarida pul mablag‘larini berish va jo‘natish;
• valyuta ayirboshlash amaliyotlari;
• kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilishi.
Ish vaqti: seshanbadan yakshanbagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Manzil: 100161, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshqoʻrgʻon MFY, Bunyodkor shoh koʻchasi, 156A-uy.