- Matbuot markazi
- Denovdagi yangi bank xizmatlari markazi 2025-yil 29-sentyabrda o‘z eshiklarini ochadi
Garant bank filiallar tarmog‘ini kengaytirishda davom etib, bank xizmatlarini yanada qulayroq qilmoqda. Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yangi Bank xizmatlari markazi o'z ishini boshlamoqda.
BXMning ochilishi shahar va yaqin atrofdagi tumanlar aholisi uchun muhim voqea bo‘ladi. Endi xonadonga yaqin joyda barcha zamonaviy moliyaviy xizmatlar — kundalik to‘lovlar va pul o‘tkazmalaridan tortib, individual xizmat ko‘rsatish va mutaxassislar maslahatlarigacha mavjud.
Yangi markazda mijozlar quyidagilardan foydalanishlari mumkin:
• valyuta almashtirish punkti;
• xalqaro pul o‘tkazmalari;
• kommunal to‘lovlarni to‘lash;
• omonatlar va kreditlar bo‘yicha xizmatlar;
• jismoniy va yuridik shaxslar uchun maslahatlar berish va xizmat ko‘rsatish;
• zamonaviy bank yechimlarining keng majmuasi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, "Yangihayot" MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 38-uy.
Denovda BMXning ochilishi — bu xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar uchun qulaylikni oshirishga qaratilgan mintaqaning moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shiladigan hissadir.