Yangilandi: 17.06.2026

Garant bank School 21 talabalari uchun tanishtiruv ma’ruzasini o‘tkazdi

Garant bank vakillari School 21 IT-maktabi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazib, xalqaro ISIC talaba kartasining imkoniyatlari va undan foydalanish afzalliklari haqida ma’lumot berdilar.

Ma’ruza davomida ishtirokchilar ISIC kartasining xalqaro maqomi, dunyoning turli mamlakatlarida taqdim etiladigan maxsus chegirma va imtiyozlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, bank mutaxassislari talabalarning savollariga javob berib, Garant bank’da ISIC kartasini rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Garant bank ta’limga oid tashabbuslarda faol ishtirok etishda davom etib, yoshlarni zamonaviy moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona