Yangilandi: 11.12.2025

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarining yangi yil oldi ish jadvali.

Hurmatli mijozlar,


Yangi yil bayrami arafasida Garant bankning valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari dekabr oyining barcha shanba kunlari — 13, 20 va 27-kunlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Bayram mavsumida xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun biz valyuta ayirboshlash yoki xalqaro pul o‘tkazmasidan foydalanish mumkin bo‘lgan uchta yangi punktni ham qo‘shdik.

• «Navro‘z» BXM (Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li va Gulsanam ko‘chalari kesishmasi, 479-uy);
• «Denov» BXM (Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Mustaqillik ko‘ch, 38);
• «Rishton» BXM (Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, 6-uy).

Shuningdek, quyidagi manzillarda boshqa punktlar ham mavjud bo‘ladi:

• Amaliyot boshqarmasi (Toshkent sh, Said Baraka ko‘ch, 78);
• «Bek-Baraka» BXM (Toshkent sh, Iqbol MFY, Bek Baraka savdo majmuasi);
• «Ulug‘bek» BXM (Samarqand viloyati, Samarqand sh, «Xo‘ja Ahror Valiy» MFY, Adolatparvar ko‘ch, 7);
• Ishtixon bank xizmatlari ofisi (Samarqand viloyati, Ishtixon sh, Ishtixon ko‘ch, 47);
• «So‘g‘diyona» BXM (Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, M. Ulug‘bek MFY, A. Navoiy ko‘ch, 2);
• Urganch shahar bank xizmatlari ofisi (O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Urganch, Pahlavon Mahmud ko‘ch, 182a);
• «To‘rtko‘l» BXM (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, «Markazobod» MFY, To‘rtko‘l ko‘ch, 57).


Ish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha.
 

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия