Yangilandi: 30.09.2026

"Garant bank" AJ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi

Aziz o‘qituvchilar va murabbiylar!

"Garant bank" AJ sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Sizning mehnatingiz har bir inson hayotida alohida o‘rin tutadi. Aynan siz bilim berasiz, qobiliyatlarni yuzaga chiqarasiz, to‘g‘ri yo‘l tanlashga va kelajakka ishonch bilan qarashga yordam berasiz.

Sizning sabr-toqatingiz, e’tiboringiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tufayli bilimli, mas’uliyatli va maqsad sari intiluvchan yangi avlod shakllanadi.

Ushbu bayram kuni sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ilhom, minnatdor shogirdlar va yangi kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘qituvchilar va murabbiylar!

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona