Kredit «RTM ONLINE»*
*Ariza qabul qilish vaqtinchalik to'xtatilgan
O‘zbekiston Respublikasi hududida onlayn xaridlar va to‘lovlarni amalga oshirish
Batafsilroq
«Imkoniyat» mikrokreditini olish uchun ariza yuboring
Batafsilroq
Garant bank bilan daromad olishni bugundanoq boshla
Batafsilroq
| Taklif qilinayotgan “RTM ONLINE” mahsulotining asosiy xususiyatlari | |
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit maqsadi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 30 - sentabrdagi 833-sonli qaroriga asosan “Raqamli transformatsiya markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) elektron kooperatsiya portali orqali mahsulot va xizmatlarni sotish hamda xarid qilish jarayonida ishtirok etayotgan tadbirkorlar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan savdolarda ishtirok etish uchun bo‘nak to‘lovi uchun onlayn kredit ajratish. |
| Mijoz segmenti | Barcha turdagi tadbirkorlar va boshqa yuridik shaxslar |
| Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali (oferta shartnomasi) Raqamli transformatsiya hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi |
| Stop faktor | - muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi; - so‘ngi 6 (olti) oyda kredit asosiy yoki foiz qarzdorligi bo‘yicha NPL (to‘lov muddati 90 kundan oshgan) muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelmagan bo‘lishi lozim. |
| Kredit miqdori | Elektron kooperatsiya portali orqali tashkil etiladigan savdolarda ishtirok etish uchun bo‘nak to‘lovi, lekin 500 000 (besh yuz ming) so‘mdan 100 000 000 (bir yuz million) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 30 (o‘ttiz) kungacha, biroq elektron xaridlarda g‘olib deb topilganda, 12 (o‘n ikki) oygacha foydalanish huquqi bilan |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Platformadan foydalanganlik uchun to‘lov (diskont) /kredit foizi | a) 30 kungacha 1%, lekin eng kamida 100 ming so‘m, agar mijoz birinchi marta kreditdan foydalanadigan bo‘lsa, 0% diskont b) 30 kundan oshgan muddatga yillik 28 %. |
| Foiz /diskont hisoblash | a) Diskont 30 kun muddatga 1 marta hisoblanadi; b) Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha differensial shaklda so‘ndiriladi |
| Foiz/Diskontni to‘lash tartibi | a) Diskontni to‘lash: Kredit ajratilishidan avval mijoz hisobvarag‘i (mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan) yoki boshqa to‘lov vositalari orqali to‘lanadi; b) Foizlarni to‘lash: mijoz hisobvarag‘idagi mablag‘lar orqali graffik asosida to‘lanadi. |
| Asosiy qarzni to‘lash tartibi | Elektron xaridlarda g‘olib deb topilganda: G‘oliblik e’lon qilingan kuni yoki grafik asosida mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi; Elektron xaridlarda g‘olib deb topilmaganda: G‘oliblik e’lon qilingan kuni, oferta shartnomasiga muvofiq, mijozning roziligisiz (akseptsiz) kredit hisobvarag‘iga qaytariladi. б) Уплата процентов: уплачиваются за счёт средств на счёте клиента согласно графику. |
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | Ta’minot talab etilmaydi |
| Alohida shart | Raqamli transformatsiya markazi va bank platformasidan foydalanib, lekin ushbu mahsulot pasporti talablariga mos bo‘lmagan loyihalar bo‘yicha bankning hududiy bo‘linmalariga tashrif buyurgan holda mavjud kredit mahsulotlaridan foydalanish mumkin |